MAUTXAUZEN (Mauthausen) – gitlerchi fashistlar konslageri. 1938-y. da Avstriyadagi Mautxauzen sh. yaqinida Daxau konslagerining «filiali» sifatida tashkil etilgan. 1939-y. mar-tdan — mustaqil lager. 1938—45 y. larda Mautxauzenda koʻplab mamlakatlardan keltirilgan 335 ming kishiga yaqin mah-buslar saqlangan. Ularning 122 mingdan ortigʻi (shu jumladan, 32 mingdan oshiq sovet fuqarosi) qatl etilgan va qiynab oʻldirilgan. 2-jahon urushidan soʻng Mautxauzen oʻrnida muzey tashkil qilingan. Mautxauzenda qiynab oʻldirilgan sovet ge-nerali D. M. Karbishevga 1948-y. fev. da haykal oʻrnatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые