MATPANOBOY MADRASASI

MATPANOBOY MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1905). Xivalik boy Matpanoboy mablagʻiga qurilgan. Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Koʻchim qatnashgan. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (25,45X24,5 m), bosh tarzi peshtoqli (bal. 9 m), 3 gumbazli miyonsaroy, darsxona va masjiddan iborat. 2 yon qanoti burchaklariga guldasta ishlangan. Miyonsaroy 3 qismga ajratilgan, biridan ikkinchisiga ravoklar orqali oʻtiladi. Hovli (19,5x S,6 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, ayvonli. Matpanoboy madrasasi pishik gʻishtdan qurilgan, bezaksiz, faqat yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshigi va miyonsaroydagi ganchkori panjara oʻziga xos bezagi bilan ajralib turadi. 1977-y. da boщ tarzi oldi devor b-n oʻralib, kichik hovdi tiklangan.

Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x