MATLUBOT JAMIYATI

MATLUBOT JAMIYATI — matlubot kooperatsiyasining quyi boʻgʻini. Matlubot jamiyatini ixtiyoriylik asosida uyushgan paychilar tashkil etadi. U oʻz faoliyatini kengaytirib, q. x. mahsulotlarini tay-yorlash, umumiy ovkatlanishni tashkil etish va aholi isteʼmoli bilan bogʻliq boshqa bir necha xil xizmatlarni ham bajaradi. Matlubot jamiyati bevosita isteʼmolchi va mahsulot yetishtiruvchilarni birlashtirgan holda qishloq joylarida tarkib topadi. Mamlakat, viloyat, tuman uyushmalariga birlashadi. Viloyatlardagi «Matlubotsavdo» uyushmasi hududdagi Matlubot jamiyatilarni birlashtirgan holda ularning manfaatlarini himoyalash vakolatlariga ega boʻlib, ularning xoʻjalik va moliyaviy faoliyatlarini birgalikda, markazlashgan tarzda rivojlantirishni taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x