MATERIALLAR QARSHILIGI

MATERIALLAR QARSHILIGI — inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), us-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obyektlari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va plastinalar (elementlar va detallar sterjen hamda plastinalardan tayyorlanadi). Materiallar qarshiligining nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deforma-siyalanishi (shaklining oʻzgarishi, ezilishi va b.) nazariyasiga asoslanadi. Amaliy qismi turlituman sinovlar, fizika va materialshunoslik krnunlariga asoslanadi. Materiallar qarshiligi fani ishlab chiqqan usullar, meʼyorlar va tavsiyalardan muxandislik amaliyotida elementlar va detallardagi eng katta zoʻriqishlar va siljishlarni aniqlash hamda ularni inshootlar va mashinalardan foydalanish uchun xavfsiz boʻlgan meʼyoriy qiymatlar va standartlar bilan taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Eksperimental tadqiqotlarda maxsus sinov mashinalari va oʻlchash asboblari koʻllaniladi. Tadqiqotlar natijalari boʻyicha maqsadli «kuchlanish — deformatsiya» diagrammalari tuziladi, materialning mustahkamlik, oquvchanlik chegaralari va qayishqoqlik koʻrsatkichlari belgilanadi. Bular hisoblanayotgan element yoki detalning eng zoʻriqqan joylarini, deformatsiyalanadigan va siljiydigan sohalarini aniqlashga imkon beradi. Loyihalash yoki tekshirish mobaynida maqsadli diagrammalar yordamida zoʻriqishlar va deformatsiyalarning hisobiy qiymatlarini standartlarda yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarga taqqoslab, element yoki detalning oʻlchamlari va shakli anikdanadi. Materiallar qarshiligi fanining nazariy xulosalari va amaliy natijalari insho-otlarning ustuvorligi va zilzilabardoshligini taʼminlashda, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishda, kiyim-kechaklarning pishikligini oshirish va sifatini yaxshilashda, ayniqsa, aviatsiya va kosmanavtikada juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Inshootlarning elementlari va mashinalarning detallarini xisoblashning empirik (oddiy) qoidalari oʻrniga taxliliy (analitik) usullarini qoʻllash zaruriyatini G. Galiley asoslab bergan. Materiallar qarshiligi fani rivojiga D. Bernulli, R. Guk, Sh. O. Kulon, L. Eyler, A. N. Dinnik, Materiallar Qarshiligi Ostrogradskiy va b., oʻzbek olimlaridan X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, M. A. Hojinova, H. H. Usmonxoʻjayev, T. Rashidov va b. katta hissa qoʻshishgan. Oʻzbekistonda Materiallar qarshiligi mu-ammolari bilan Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi inti, Toshkent texnika unti, Oʻzbekiston milliy unti, Toshkent arxitektura va qurilish in-ti, Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik in-ti va b. ilmiy muassasalar shugʻullanadi.

Ad.: Oʻrozboye v M. T., Materiallar qarshiligi, 1—2 t., 1960—65; Materiallar qarshiligi asosiy kursi, T., 1973.

Tursun Rashidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x