MATAL

MATAL — muayyan hayotiy hodisani aniq va toʻgʻri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. M. da oʻxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq soʻz kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning oʻz asl maʼnosi bilan koʻchma maʼnosi oʻrtasida yaqinlik, mantiqiy bogʻlanish boʻlishi lozim. Matal bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Mas, «Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamas», «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x