MASTROYANNI

MASTROYANNI Marchello (1923.28.9 — 1996) — italiya kinoaktyori. 40-y. lar L. Viskonti spektakllarida oʻynagan (keyinroq uning «Oq tunlar», «Begona» filmlarida suratga tushgan). Yangi obrazga tez oʻta olish qobiliyati, lirizm bilan oʻtkir xarakterning uygʻunlashuvi «Shirin hayot», «Sakkiz yarim», «Ayollar shaxri», «Jinjer va Fred», «Tun», «Italyancha ajralish», «Qora koʻzlar», «Asalchi» kabi filmlarda yaqqol koʻzga tashlandi. U juda koʻp filmlarda S. Loretshng juftligi si-fatida suratga tushgan. Hamkorlikdagi filmlari («Gʻaroyib kun», «Kecha, bugun, ertaga» va b.) bilan har ikkalasi jahonga tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x