MASTABA

MASTABA (arab. — tosh oʻrindiq) — Qad. Misr maqbaralarining nomi. Dastlabki Mastaba qoldiklari mil. av. 3000 — 2800-y. likka oid (Misr). Bu M. lar uyga oʻxshatib gʻisht bilan krplangan qumtepalardan iborat. Ularning yonlariga ibodat qilinadigan maxsus xona hamda dafn anjomlari qoʻyiladigan yertoʻla ham qurilgan. Keyinchalik Mastabalar faqat toshdan qurilgan. Ularda ibodat qilinadigan hamda marhumning haykalchasi qoʻyiladigan xonalar boʻlgan. Ibodat qilinadigan xona devoriga diniy va maishiy mavzularda rasmlar oʻyib ishlangan. Qad. Misrdagi I va II sulola davrida Mastabalar firʼavnlar maqbarasi xizmatini oʻtadi. III suloladan boshlab Mastabalar oʻrniga firʼavnlar oʻzlari uchun ehrom (piramida)lar qurdira boshladilar. Zodagonlar shu ehromlar yoniga oʻzlari va yaqinlari uchun Mastabalar qurdirgan. Bunday ehrom va Mastabalar majmuasi Misrda koʻp (Giza, Sakkara, Medum, Peskum va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x