MASSHTABLILIK

MASSHTABLILIK, masshtabli qurilish — meʼmoriy shaklni (in-shoot, majmuani) insonga boʻlgan nisbatining badiiy ifodasi. Nisbat, mutanosiblik, ulugʻvorlik kabi sifatlar orqali namoyon boʻladi. Masshtablilik inshootning inson jussasi oʻlchamlaridan kelib chiqqan meʼmoriy shakllarga (zina, eshik, kursi va b.) boʻlgan nisbatlaridir. Mas, turar joyning odam boʻyiga nisbati, mutanosibligi, haddan tashqari baland boʻlmasligi, uyning shinamliligi va fayzliligini taʼminlaydi. Ismoil Somoniy makbarasida eshiklarning kiraverish ravoqlari, bino tepasidagi mayda ravoqchalar qatori, tashqi burchaklardagi ustungoʻshalarga boʻlgan nisbatlari Masshtablilik asosida qurilganligini namoyon etgan.

Ad.: Vseobщaya istoriya arxitekturы, t. 2, M„ 1973, str. 251-260.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x