MASNAVIY

MASNAVIY (arab. — ikkilik. Koʻpligi — masnaviyot) — har bir baytining misralari qofiyadosh boʻlgan va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradigan sheʼriy shakl (a-a, b-b, v-v,…). Mumtoz adabiyotda (mas, Alisher Navoiy asarlarida) syujetli kichik sheʼriy asarlar ham, dostonlar ham Masnaviy deb yuritiladi. Turkiy adabiyotda Masnaviy shakli ilk bor Yusuf Xos Hojibnkng «Qutadgʻu bilig» asarida qoʻllangan. Durbekpint «Yusuf va Zulayho», Haydar Xorazmiynmnt «Maxzan ul-asror» asarlari Masnaviyda bitilgan. Navoiy davriga kelib Masnaviy epik sheʼriyatning asosiy janri boʻlib qoldi. Ulugʻ shoirning asosiy epik asarlari («Xamsa», «Lison uttayr» va b.) M. janrida yozilgan. Masnaviy hoz. zamon oʻzbek sheʼriyatida ham qoʻllanmoqda. Mac, H. Olimjonning «Oʻzbekiston» sheʼri, Gʻ. Gʻulomning «Koʻkan», «Egalari egallaganda» dostonlari va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x