MASKA (frans. masque, ital. machera soʻzidan) — 1) niqob;
2) jasad yuzidan gips va b. materiallar yordamida olingan quyma. Koʻpgina qad. xalqlarda koʻmilgan jasad yuziga oltin va b. quymasidan Maska kiygizilgan;
3) tibbiyotda narkoz berish, fizioterapevtik muolaja qilish yoki aseptika maqsadida bemor yuziga qoʻyiladigan maxsus moslama yoki doka;
4) kosmetikala davo yoki terini parvarish qilish maqsadida yuz yoki boʻyinga surtiladigan krem yoki dori qatlami;
5) sportchining himoya aslahasi (qilichbozlik, xokkey va b. oʻyinlarda). Yuzini shikastlanishdan saklaydi.