MASHQ

MASHQ — biror faoliyatni puxta oʻzlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida uni kup marta takrorlash. M. taʼlimda koʻnikma va malakalar hosil qilishda muhim oʻrin tutadi. Mashqning samarali boʻlishi uchun unga ongli ravishda yondashish, shu jarayonni bajarishda mavjud sharoitni hisobga olish, yoʻl qoʻyilgan xato, kamchiliklarni anglash va ularni tuzatish yoʻllariniʻbilish kerak. Bunda oddiy harakatdan astasekin murakkab harakatni bajarishga oʻtish, takrorlash vaqtlarini toʻgʻri taqsimlashning ahamiyati katta. Mashqda takrorlashlar orasidagi vaqt kishini charchatadigan darajada qisqa boʻlmasligi va aksincha, juda uzoq ham boʻlmasligi kerak. Mashqlar, odatda, maktabda har bir oʻquv fanida, sinfdan va maktabdan tashqi ishlarda oʻtkaziladi. Maktabda Mashqlar oʻquvchilarni mu-staqil ishlashga, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x