MASHARIPOV

MASHARIPOV Roʻzimat (1895 – Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. Masharipov ijodida anʼanaviy meʼmorlik va bezak sanʼati zamonaviy uslub bilan uygunlashgan. Polvonkrri (1905), Mamad Maxram (1908), Husaynbek (1910) madrasalari, Mamad yasovul uyi (1910), Asfandiyorxon uyi (1911), Dishan qalʼadagi qoʻsh darvoza (1912), xonning shahar tashqarisidagi Tozabogʻ saroyi (1914) va b. ni qurish va bezatishda qatnashgan. 1915-y. dan koʻplab turar joylar, jamoat binolarini kurgan va bezagan. 1947-y. M. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Xiva zalini bezashda shogirdlari bilan qatnashgan, 1950—60-y. larda Xivadagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. Kuplab shogirdlar tayyorlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x