MARTENSIT

MARTENSIT [nemis metallshunosi A. Martensit (1850 — 1914) nomidan] — 1) poʻlatning tarkibiy qismi; past t-rali modifikatsiyadagi alfatemirga xos uglerodning oʻta toʻyingan qattiq eritmasidan iborat. Poʻlatni toblash paytida austenitщn hosil boʻladi. Martensit tuzilishli poʻlat juda mustahkam va qattiq. Metallni boʻshatish yoʻli bilan Martensitning plastikligi oshiriladi. Martensit, koʻpincha, temir-uglerodli qotishmalarning asosini tashkil qiladi;

2) kristall qattiq jismlar (toza metallar, metall asosli qattiq qotishmalar) ning asosiy strukturaviy tashkil etuvchisi; past t-rali polimorf modifikatsiyadan iborat. Ignalar, plastinalar va linzalar shaklidagi ayrim kristallar koʻrinishiga ega. Oʻziga xos fazaviy oʻzgarishlar oqibatida hosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x