MARS MAYDONI

MARS MAYDONI — 1) Qad. Rimda Tibr daryosining chap sohilidagi maydon (shahar tashqarisida). Dastlab Marsga bagʻishlangan marosimlar, harbiy va gimnastik oʻyinlar, chavandozlik musobaqalari oʻtkazilgan. Respublika davri (mil. av. 6-a. oxiri)da xalq yigʻini oʻtkazilgan joy. Keyinchalik maydonning bir qismida imorat qurilib, Mars mehrobi oʻrnatilgan joygina Mars maydoni deb yuritiladigan boʻlgan;

2) Parijdagi (Sena daryosining chap sohilida) maydon. 18-a. ning 2-yarmida harbiy mashklar, Buyuk fransuz inqilobi davrida ommaviy namoyishlar va tantanali marosimlar oʻtkazilgan. Mars maydonida 1889-y. da Eyfel minorasi kurilgan;

3) Peterburgdagi maydon, shahar markazi loyiha tizimidagi muhim tarkibiy qismi. 1818-y. qad. Rim M. m. ga qiyoslab nomlangan. Sarkarda P. A. Rumyansev («Rumyansev obeliski», marmar granit, 1798—99, meʼmor V. F. Brenno) va A. V. Suvorov (bronza, granit, 1799—1801, haykaltarosh M. I. Kozlovskiy)ga yodgorlik oʻrnatilgan. Ansamblda marmarli saroy (1768—85, meʼmor A. Rinaldi), Pavlovsk kazarmalari (1817—20, meʼmor V. P. Stasov), shuningdek, Muhandislik qoʻrgʻoni, Yozgi bogʻ bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x