MARKOV Mixail Nikitovich (1910.17.10, Toshkent — 1985.14.8) — paxta terish mashinalari konstruktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1964). «Tashselmash» z-dida katta texnik-konstruktor (1939—41), katta muhandis-konstruktor, katta muhandiskonstruktor guruhi rahbari (1941—46). Paxtachilik mashinalari boʻyicha Davlat maxsus konstruktorlik byurosida turli lavozimlarda ishlagan. (1946—85). Markov rahbarligida SXM—48 markali dastlabki paxta terish mashinasi yaratildi (1949). Markov 1964-y. dan boshlab ishlab chiqarilgan ikki qatorli XT—1,2 markali, terish apparatlari old qismiga joylashtirilgan paxta terish mashinasining osma qurilmasi sistemasini ishlab chiqishda qatnashgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые