MARKONI

MARKONI (Marconi) Gulyelmo (1874.25.4, Bolonya – 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit toʻlqinlar haqida asosiy maʼlumotlarni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida oʻsmirlik davrida fizika bilan shugʻullangan. 1896-y. da Buyuk Britaniyaga koʻchgan va u yerda elektromagnit toʻlqinlar yordamida signal berish tajribalarini oʻtkazgan. 1897-y. da simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlantirgan. 1901-y. da Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan. Nobel mukofoti laureati (1909; K. F. Braun bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x