MARKAZIY YAKUTIYA (VILYUY) PASTTEKISLIGI

MARKAZIY YAKUTIYA (VILYUY) PASTTEKISLIGILena daryosining oʻrta va quyi, shuningdek, Vilyuy va Aldan daryolarining quyi oqimlaridagi tekislik. Kenglik boʻylab 550 km ga choʻzilgan. Bal. 2000—4000 m. Yer yuzasi lyossimon, qumoq va qumlardan tuzilgan. Koʻp yillik muzlab yotgan jinslar, botqoqlik va termokarst koʻllari koʻp. Iklimi keskin konti-nental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 45°, mutlaq minimum — 63°, iyulning oʻrtacha t-rasi 17°, mutlaq maksimum 39°. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Yillik oʻrtacha t-ra — 9°, —12° boʻlganidan abadiy muzlab yotgan yerlari bor (zamini 200—300 m chuqurlikkacha muzlab yotadi), yezda ustki qismigina eriydi va shu joylarda dehqonchilik qilish mumkin. Tuproqlari kam podzollashgan karbonatli, podzolli-gleyli, torfli-gleyli va oʻtloqi allyuvial tuproklar. Daraxtlardan, asosan, dauriya tilogʻochi, qaragʻay, qayin, togʻterak oʻsadi. Olmos, kumir, gaz, neft konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x