MARKAZIY OSIYO

MARKAZIY OSIYOOsiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Mayd. 6 mln. km2. Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan. esa Tibet hudoʻdidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. Markaziy Osiyo dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100—200 mm, markaziy qismlarida 10—30 mm, chekkalarida 300 — 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —25°, eng past t-ra —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining mayd. 2620 km2, eng chuqur joyi — 238 m. M. O. da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va b. choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x