Markaziy Osiyo va Qozogʻiston xalqlari adabiyoti

Qadimdan Markaziy Osiyo va Qozogʻiston tuprogʻida yashab kelayotgan oʻzbek, tojik, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq xalqlari adabiyotini oʻz ichiga olgan mazkur guruh iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotidagi umumiylikdan tashqari, joʻgʻrofiy yaxlitlikka ega. Markaziy Osiy va Qozogʻiston xalqlari adabiyotining bir necha xususiyati bor. Avvalo, mazkur xalqlar katta manbaga ega boʻlgan va keyinchalik yozma adabiyotning rivojiga sezilarli darajada ijobiy taʼsir etgan xalq ogʻzaki ijodiga ega.

Ikkinchidan, oʻtmishda va hozir ham nasrdan koʻra nazm adabiyotda yetakchi mavqe egallagan. Shu sababdan nazm va nasr oʻzaro uyqash boʻlib ketgan.

Uchinchidan, bu adabiyotlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir va aloqa koʻp yillik tarixga ega. Ulugʻ fors-tojik adabiyoti namoyandalari Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Saʼdiylarning ijodi Oʻrta Osiyo xalqlarining boyligi sanaladi. Yoxud, ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiyning ijodi, yaratgan asarlari koʻpgina xalqlar adiblari uchun katta ijod maktabidir. Birgina Gulxaniy, Maxmur, Sadriddin Ayniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar fors-tojik va oʻzbek tillarida baravar qalam tebratishgan.

Shoʻro hukumati oʻz tazyiqini oʻrnatgach, mazkur xalqlarning azaldan shakllanib kelgan anʼana va qadriyatlarga ancha putur yetdi. Mazkur xalqlar adabiyotiga realizm tamoyili va baʼzi tendensiyalar majburlab kiritildi.

Shoʻro imperiyasi barham topgach, hamdoʻstlik mamlakatlari birin-ketin mustaqillikka erishdi. Ular faqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan emas, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan ham mustaqil boʻldi. Oʻz-oʻzidan adabiyotda ham yangi-yangi yoʻnalishlar, gʻoya va maslaklar asta-sekin ifodasini topa boshladi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/markaziy-osiyo-va-qozogiston-xalqlari-adabiyoti/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x