MARKAZIY BUXORO KOLLEKTORI — Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon da-ryosi (Qorakoʻldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohankoʻl kollektorigacha boʻlgan oʻzanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971-y. da qurib bitkazilgan. Uz. 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yigʻiladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umumiy suv yigʻish maydoni 64,6 ming ga. Suv oʻtkazish imkoniyati 40 m3/s. M. B. k. Mohankoʻl kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohankoʻlga quyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые