MARKAZIT

MARKAZIT (fors, margashishe — kolchedan) , nursimon kolchedan — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2. Qoʻshimchalar tarzida, koʻpincha, Ni, As, Sb, Ti, Co va b. mavjud. Metalddek yaltiroq. Rangi jezsimonsariq, yuzasi kulrang-yashil tovlanadi. Rombik sistemada kristallanadi, kristallari taxtachasimon, ustunsimon, qoʻshaloq, nayzasimon, baʼzan taroqsimon. Koʻpincha, murakkab agregatlar — birikkan holda, kurtaksimon va oqiq hosilalar koʻrinishida, ayniqsa, pirit bilan koʻproq uchraydi. Qattiqligi 6,0—6,5, zichligi 4,9 g/ sm3. Moʻrt. Alohida kon hosil qilmaydi. Piritdan kristall shakllari bilan farq qiladi. Gidrotermal konlarda pirit, pirrotin va b. sulfidlar bilan birga hosil boʻladi. Markazit choʻkindi jinslarda, asosan, koʻmirli, ayniqsa, qoʻngʻir koʻmirli qumtosh gillar orasida konkretsiya va noaniq shaklli donalar hosil qiladi. Oʻzbekistonda koʻproq Angren kumir konida, kamroq oltin konlari (Muruntov va b.), grafit (Toshqazigan), skarnlisheyelitli (Ingichka, Langar, Qoʻytosh va b.), polimetalli, kolchedanli (Uchquloch, Xondiza va b.) konlarda tarqalgan. Sulfat kislota olishda ishlatiladi. Koʻmir va oʻtga chidamli gillarda zararli qoʻshimcha hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x