MARJON

MARJON — 1) munchoq va sh. k. ni ipga qator tizib yasaladigan ayollar taqin-chogʻi. Munchoqlari turli shakldagi bezak toshlar (serdolik, marmar, feruza, oltin, kumush va b.)dan iborat boʻlib, bir yoki bir necha qatorli qilib boʻyinga taqiladi. Suyak va sopol donalaridan yasalgan Marjonlar Oʻzbekiston hududida mil. av. 4—3ming yillikka oid manzilgohlardan topilgan. Jez davrida Marjonning turli (och tusli, marmar, oq, och qizil yoki kulrang toshlar, sopol, bronza va suyaklardan sillis yoki sodda naqshli) xillari tarqalgan. Saklanib qolgan devoriy rasmlar (jumladan, Bolaliktepa devoriy rasmlari) da Marjonning turli tasvirini koʻrish mumkin. Marjonning markaziga, baʼzan chetlariga tumorchalar qoʻshilgan;

2) zargarliksa ishlatiladigan bezak tosh; dengiz jonivorlari qoldiklaridan iborat; uzunchoq (shohmarjon), dumaloq (tanamarjon) va b. shaklli turlaridan ziynat buyumlari (zirak, tillaqosh, tumor va b.)ni bezashda foydalaniladi;

3) miskarlikyu. qumgʻonning qorniga qalamcha bilan solingan dumaloq gul.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x