MARJON RIFLARI

MARJON RIFLARI, marjon qurilmalari — toʻda-toʻda boʻlib yashaydigan marjonlarning ohakka aylangan skeletlardan tashkil topgan suv osti qoyalari. Marjon qurilmalar toʻrt turga ajratiladi: qirgʻoq riflari, baryer (fob, toʻsiq) riflari, atollar va laguna ichi Marjon riflari Ularning normal rivojlanishi uchun:

1) dengiz suvi t-rasi yuqori (kamida 20°) boʻlishi; 2) suv sayoz (oʻrtacha chuq. 40—50 m gacha); 3) shoʻrlik normal (35%o cha) va toza; 4) dengiz tubi qoyadan iborat boʻlishi kerak. Marjon riflari juda katta va qalin boʻlishi mumkin. 1500 m balandlikda boʻlgan Marjon riflari b-n birga (Zond arxipelagi) zamini suv satxidan 1200 m chuqurlikda turgan marjon qurilmalari ham bor (Marshall o. lari atrofi). Koʻpchilik hollarda marjon qurilmalari tarkibida neft va gazga boy konlar boʻladi. Hoz. zamon marjon qurilmalarining fatsial sharoitlarini, ularning maʼlum tektonik zonalarga toʻgʻrilanishini oʻrganish neft qidiruv geol. si uchun katta ahamiyatga egadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x