MARINER

«MARINER» (ing. Mariner — dengizchi) — Venera, Mars, Merkuriy sayyorasini va kosmik fazoni tadqiq qilish uchun 1962—75 y. larda uchirilgan amerika sayyoralararo avtomatik stansiyalari seriyasi nomi; ularni ishlab chiqish va uchirish dasturi. «Mariner»lar xizmat asboblari bilan jihozlangan germetik boʻlma, Quyosh batareyalari paneli va aniq yoʻnaltirilgan parabolik antennadan iborat. 1962-y. da uchirilgan «M.-1» va «M.-2» hamda 1967-y. da uchirilgan «M.-5» Venerani tadqiq etgan, «M.-Z» va «M.-4» (1962), «M.-8» va «M.-9» (1974) esa Marsni tadqiq etgan. «M.-10» (1973) Venera va Merkuriyni tadqiq qildi. Veneradan 5770 km masofadan oʻtayotib Yerga uning 3700 dan ortiq sifatli rasmlarini uzatgan. Soʻngra geliotsentrik orbitaga oʻtib, Merkuriy bilan 3-marta yaqinlashdi va uning 50 m gacha joyini ajratib koʻra oladigan 3000 ga yaqin rasmini oldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x