Ma’rifatparvarlar. Sadriddinxon muftiy


Post Views:
31

SADRIDDINXON MUFTIY, Sadriddinxon Sharifxo‘jayev (1878-1946, Qandahor) – ma’rifatparvar, yirik ulamo. Toshkentda tug‘ilgan. Sharifxo‘ja qozining o‘g‘li. Dastlab Toshkentdagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. Yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Buxoroda Mir Arab madrasasini tugatgan. Muftiy unvoni bilan qozixonada ishlagan va mudarrislik qilgan.

Sadriddinxon muftiy 1917 yil Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, jumladan, «Sho‘roi Islomiya» jamiyati ishida faol qatnashgan. Toshkentda «Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi» (1917 yil iyul)ning tashkil topishida, ushbu firqa dasturi va nizomini tayyorlashda ishtirok etgan. Turkiston millat majlisi raisi (1917 yil noyabr). 1917 yil 10 avguvstda Toshkentda «Fuqaho» jamiyatini tuzib, unga raislik qilgan. Mintaqada sovet tuzumi o‘rnatilgach, u yashirin ishlashga o‘tgan. Munavvarqori bilan birgalikda «Ittihod va taraqqiy» (1917-19) va «Milliy ittihod» (1919-25) tashkilotlariga asos solgan. «Turkiston milliy birligi» tashkilotining Toshkent qo‘mitasi raisi (1921 yildan). Ayni paytda 1921 yil mart oyigacha Turkiston ASSR sovet sud idoralarida ham ishlagan. Chekistlar ta’qibidan qochib xorij (Afg‘oniston)ga ketgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/ma-rifatparvarlar-sadriddinxon-muftiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x