Ma’rifatparvarlar. Komilbek Norbekov


Post Views:
12

NORBEKOV Komilbek (1880–1943) – o‘zbek ma’rifatparvari. Toshkentning ma’rifatli boylaridan Muhammadaminbekning o‘g‘li. Ukasi Karimbek (1882–1970) bilan birga charm ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Avstriya va Germaniya firmalari bilan teri-charm savdo aloqasini o‘rnatgan. Munavvarqori, A.Avloniy, U.Xo‘jayev (Asadullaxo‘jev), N.Xo‘jayev, Orifxo‘jaboylar bilan birga «Imdodiya» («Xayriya») jamiyati (1909), «Turon» jamiyati va shu nomli truppani tashkil etgan (1914). 1909–11 yillarda 35 o‘quvchiga mo‘ljallangan usuli jadid maktabini qurib bergan va o‘quvchilarni iqtisodiy ta’minlagan. 1919–24 yillarda «Milliy ittixod» tashkiloti a’zosi. 1930 va 1935 yillarda qatag‘on qilingan. 1989 yilda oqlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/ma-rifatparvarlar-komilbek-norbekov/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x