Ma’rifat. Halol luqma – qalbdagi nur


Post Views:
123

Hayotimizning har bir sohasiga javob bergan dinimiz ko‘rsatmalari, yeydigan ovqatimizni ham qanday tanovul qilishimizga ham ahamiyat berishimizni targ‘ib qiladi.

Imomi Shofi’iy (rahmatullohi a’layh) kunlarning birida Imom Ahmad ibn Hanbal (rahmatullohi a’layh)ning uylariga mehmonga, qoladigan bo‘lib keladilar. Imomi Shofi’iy bir o‘zlari yolg‘iz kelganlariga qaramay Imom Ahmad ibn Hanbalning qizlari ularga uch kishilik taom va tahajjud namozga tahorat qilish uchun suv tayyorlab qo‘yadi.

Ertalab qizlari turib qarasa ovqatni hammasi yeyilgan, ammo suv hech ham ishlatilmagan. Qiz o‘zicha o‘ylaydiki, otam bu kelgan mehmonni juda taqvodor kishi degandilarku, ammo o‘ta ochko‘z dangasa ekanku, bir o‘zi hamma taomni yeb, kechasi bilan uxlab tahajjudga ham turmay, suvniyam ishlatmabdi.

Shu onda otasi bilan mehmon bomdod namozini ado qilib masjiddan kelib qolibdi. Qiz bo‘lgan voqyeani otasiga aytib tursa uni eshitib turgan Imomi Shofi’iy: “Meni kechirasizlar, to‘g‘ri, haqiqatan ham men bu qadar halol taomni hech qachon yemagan edim. Bu taomdan bir luqma yeb u ichimga tushishi bilan qalbimga bir nur kirdi. Qalbimda paydo bo‘lgan bu nurni yanada ko‘paytiray deb ovqatni hammasini yeb qo‘ydim. Bu taomni yeganimdan keyin mening fikrimga bir necha yechilmagan masalalar ijtihod bo‘ldi. O‘ylab qoldim tahajjud o‘qisammikin yoki masalalarni ijtihod qilsammikan. Qarasam tahajjud o‘zimni foydamga ekan, ijtihod ommani foydasiga ekan. Tahajjudga ketadigan vaqtimniyam qo‘yib, kechasi bilan uxlamay bir necha masalani yechdim”, degan ekanlar.

Haqiqatqan ham halol luqmaning foydasi insonga ham quvvat, ham qalb nuridir. Yana bu fikrimizning dalili ushbu voqye’ada ham o‘z isbotini topgan.

Umar ibn Abdulaziz odil xalifalardan biri bo‘lishlik bilan tanilgan zotlardan. U zotning otalari bir ulug‘, ilmda peshvo bo‘lgan olimni xizmatlarini qilardi. Kunlarning birida ustozlari bu kishiga bir bo‘lak non berdilar. Keyin nonni uylariga olib kelib xotinlari bilan maslahat qilib, endi bu nonni nima qilsak o‘z joyiga sarflagan bo‘lamiz, bizga berilgan bu mukofotni haqiqiy ulug‘lagan bo‘lamiz, chunki ustoz har kimga ham har narsa beravermaydilar, deb oxiri bu nonni iftorlikka yeyishlikka kelishishadi. Eri xotin uch kun ketma ket ro‘za tutib uch kun iftorlikka nonni uchga bo‘lib iste’mol qilishadi va uchinchi kuni ayoli bilan birga bo‘lishlik bilan homila bo‘ladi. Bu homiladan kelajakda beshinchi xalifalikka loyiq bo‘lmish Umar ibn Abdulaziz dunyoga keladi.

Muhammad Yoqub Nanutviy degan zot Hindistonning Devband shahridagi madrasaning ulug‘ shayxlaridan bo‘lganlar. U zot aytadilarki: “Ba’zida biz madrasa domlalarini yon atrofda turadigan o‘ziga to‘q ilmga ixlosmand kishilar uyiga taklif qilib ziyofat qilib turardi. Lekin shular ichida bir o‘t-o‘lanlarni o‘rib sotib, halol mehnat qilib, peshona teri bilan kun ko‘radigan kambag‘al kishi bor edi. Uning odati kuniga uch tanga pul topsa shuning bir tangasini domlalarni mehmon qilish uchun olib yig‘ardi. Bir oyda  uch-to‘rtta domlaga nohat atala, besh oltita qatlamaga yetkuday qilib dasturxon yozardi. Bo‘lmasa bu odamdan ko‘ra boy, o‘ziga to‘q kishilar hatto domlalarga tilla pul taqdim qilganlarida u zotlar rad qilganlarida ular olib ilmga sarf qilishlari uchun oxiri tashqarida turgan oyoq kiyimlarini ichiga to‘ldirib ham tashlab ketardiyu, ammo biz bu kishining ovqati eng kambag‘allarni ovqati bo‘lsa ham uni kutib yurardik, chunki u ovqatni yeyishimiz bilan qalbimizda nur paydo bo‘lib ilmga yanada rag‘batimiz oshardi”, deydilar.

Tasavvuf namoyondalaridan bo‘lgan Ahmad Zarur degan zot “Qoidai kulliya” tasavvufga doir qoidalarni zikrida bir qoidani qayd qiladilar: “Ovqatni qay holatda, yoki qay tarzda iste’mol qilinsa, u ovqat quvvati shu kabi ishlarga sarf qilinadi” deganlar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ovqatni kulib yesangiz uni kulgiga sarflaysiz, uni tafakkur va zikr bilan yesangiz, uni Allohni zikriga sarflaysiz, har xil musiqa, o‘yin beparvolik bilan yesangiz uni shunday o‘yin kulgilarga sarflaysiz.

Shuning uchun musulmon odam ovqatlanish holatini ham e’tiborga olish kerak.   

Ilhomjon Madaliyev, Mo‘yi Muborak jome’ masjidi imom xatibi

https://shosh.uz/uz/ma-rifat-halol-luqma-qalbdagi-nur/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x