MARI VILOYATI — Turkmanistondagi viloyat. 1970 i. 14 dek. da tashkil etilgan (dastlab 1939-y. 21 noyab. da tashkil etilib. 1963-y. 10 yanv. da tugatilgan edi). Gʻarbdan Axal, shim. va shim,-sharkdan Lebap viloyatlari. jan. va jan.-sharkdan Eron va Afgʻoniston b-n chegaradosh. Mayd. 86,8 ming km2. Aholisi 1146,8 ming kishi (1995). 10 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha bor.
Mari viloyati choʻl zonasida, Murgʻob va Tajan daryolari havzasida joylashgan. Shim. qismi Qoraqum choʻliga tutashgan. Markazi Murgʻob va Tajan daryolari deltalarining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Qum gilli tekislik. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, qurilish materiallari (qum, gil, ohaktosh, mergel), osh tuzi bor. Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, 32°, yanv. niki —2», 4°. Yillik yogʻin miqdori 100—300 mm. Vegetatsiya davri 210—250 kun. Vaqt-vaqti bilan jan . dan afgʻon shamoli esadi va kuchli chang-toʻzon koʻtariladi. Viloyat hududi xoʻjaliklari suvni Qoraqum kanali, Murgob va Tajan daryolari va shu daryolarda qurilgan suv om-borlaridan oladi. Choʻl r-nlarida artezian suvlariaan foydalaniladi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqitaqir, baʼzi joylarda shoʻrxok, boʻz, qum tuproklar. Yovvoyi oʻsimliklardan sakso-vul, cherkez, qandim, qum qiyogʻi, qoʻngʻirbosh, pista, toʻqay oʻsimliklari, qoʻgʻa va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan jayran, arxar, qulon, bezoar echkisi, qoplon, sirtlon, asalxoʻr, ech-kemar, kapcha ilon va b. turli xil kemiruvchilar, sudraluvchilar bor. Choʻl tabiati va hayvonot olamini qoʻriqlash, pistazorlarni saqlash maqsadida Bodxiz qoʻrikxonasi tashkil qilingan.
Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 9,9 kishi. Shaharlari: Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Sarhadobod.
Mari viloyati sanoat korxonalari, asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Xonhovuz, Murgʻobda paxta, jun va teriga dastlabki ishlov berish korxonalari bor. Jun va paxta yigiriladi, adyol, choyshablar ishlab chiqariladi. Oziqovqat sanoati korxonalarida paxta yogʻi, sovun, goʻsht va sut mahsulotlari, sabzavot va meva konservalari, vino tayyorlanadi. Marida mashxur takaturkman gilamlari toʻqiladi. Mari mashinasozlik z-dida ishlab chikarilayotgan neft nasoslari chet mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Gaz sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz asosiy energetika yoqilgʻisi va kimyoviy xom ashyo boʻlib qolmoqda. Respublikadagi ekin maydonlarining deyarli 50% M. v. dadir. Q. x. da asosiy ekin paxta hisoblanadi, shuningdek, don, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ham ekiladi. Chorvachilik rivojlangan, qorakoʻl teri, jun, pilla tayyorlanadi. Mari sh. yonida axaltaka ot zoti yetishtiriladi. Viloyat respublikaning asosiy asalarichilik r-nidir.
Avialiniyalar Marini Ashxobod, Turkmanobod, Otamurot, Saraxs bilan boglaydi. Mari viloyatida umumiy taʼlim, musiqa, kasb-xunar maktablari, madaniyat saroyi, kutubxona, madaniyat uylari, ped., tibbiyot, veterinariya bilim yurtlari, Turkman drama teatri, tarix muzeyi bor. 1938-y. dan Mari viloyati gazetasi chikariladi. Kasalxona, poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Bayramalida buyrak kasalliklarini davolaydigan iqlimiy kurort faoliyat koʻrsatadi.