MARIYA STYUART

MARIYA STYUART (Mary Stuart) (1542,7/8.12, Linlitgou, Shotlandiya — 1587.8.2, Foteringey qasri, Angliya) — Shotlandiya qirolichasi (1542, amalda 1561-y. dan — 1567); Angliya taxtiga ham daʼvogarlik qilgan. Shotlandiyada kalvinchi zodagonlarning qoʻzgʻolon koʻtarishi uni taxtdan voz kechishiga va Angliyaga qochishga majbur qilgan. Angliya qirolichasi Yelizaveta I farmoni bilan turmaga tashlangan. Katoliklar tomonidan uyushtirilgan bir qator fitnalarga aralashgani tufayli sudga berilib, qatl etilgan. Badiiy adabi-yotlarda (jumladan, F. Shiller t-ragediyasida) Mariya Styuart obrazi, odatda, ideallashtirib berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x