MARGARIT

MARGARIT (yun. margarites — marvarid) — qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral (murt slyudalar guruhidan), H2CaAl2Si2O|2. Qoʻshimchalardan, kupincha, Na, Fe, Mg, baʼzan Be va Li. Monoklin singoniyada kristallanadi. Ajralish shakli — plastinkasimon va tangasimon agregatlar. Rangi marvaridsimon oq, sargʻimtir, pushti; kulrangsimon tovlanadi. Yaltiroqligi sadafsimon. Qovushqoqligi bir yoʻnalishli mukammal. Qattikligi 3,5—4,5; zichligi 3,0— 3,1 g/sm3. Moʻrt. Metamorfik slaneslarda, kupincha, korund bilan birga hosil buladi. Ilgari Margarit nisbatan kamyob mineral hisoblanar edi, keyinchalik oddiy jins xrsil qiluvchi mineral ekanligi maʼlum buldi. Oʻzbekistonda kristalli slaneslarda va najdak bilan birga uchraydi. Horijda Shveysariya, Kanada, Gretsiya, Qozogʻiston (Semizbugʻi), RF va b. mamlakatlarda bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x