MAQSUDIY

MAQSUDIY Sadri, Sadri Maksudiy Areal (1878, Qozon yaqinidagi Toshsuv qishlogʻi — 1957.20.2, Istanbul) — tatar xalqining milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, tarixchi va huquqshunos olim. Dastlab, Qozondagi Madrasa va Bogʻchasaroydagi Ismoilbek Gasprinskiy maktabida oʻqigan. 1897-y. Qozonga qaytib, rustatar oʻqituvchilar maktabini tugatgan. Sorbonna unti huquqshunoslik f-tini tugatgan (1906). Parijdan turib «Tarjimon» gaz. da maqolalar eʼlon qilgan. «Ittifoq almuslimin» partiyasi rahbarlaridan biri, MK aʼzosi. Rossiya Davlat dumasi deputati (1907—12). Dumada turkiy xalqlar man-faatini himoya qilgan. Butun Rossiya musulmonlar 2-syezdida qabul qilingan madaniymilliy muxtoriyat loyihasining muallifi. Muvaqqat xukumat Turkiston qoʻmitasining aʼzosi (1917). 1918-y. dan muhojirlikda. Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Turkiyada (1925-y. dan boshlab) yashagan. Sorbonna (1923-24), Anqara (1925-43), Istanbul (1943—45) un-tlari prof. Turkiya Respublikasi Buyuk Millat majlisi deputati (1930-38).

Turkiy xalqlar davlatchiligi tarixi, davlat huquqi va tilshunoslikka oid kitoblari va maqolalari chop qilingan. Forobiy falsafasi va «Qutadgʻu bilig» asarini maxsus oʻrgangan. Xususan, uning «Turk huquqi tarixi» (Anqara, 1928), «Turk tili uchun» (Ankara, 1930), «Oʻrta Osiyo turk davlatlari» (Alqara, 1934), «Huquqning umumiy asoslari» (Anqara, 1937), «Umumiy huquq tarixi» (Anqara, 1941; Istanbul 1944; 1948), «Huquq falsafasi» (Istanbul, 1946), «Turk tarixi va huquq» (Istanbul, 1947) kitoblari mashhur.

Ad.: Aida A., Sadri Maksudi Areal, Maqsudiy, 1986; Islam v tatarskom mire: istoriya i sovremennost, Kazan, 1997; Sadri Maksudi: naslediye i sovremennost, Kazan, 1999.

Qahramon Rajabov, Renat Shigabiddinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x