MANZUMA (arab. — tizma) — voqeaband sheʼriy asar yoki sheʼriy maktubni ifodalovchi termin. M. asosan masnaviy shaklida, har bir bayti a-a, b-b, v-v qofiya tartibida yoziladi. Oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy hikoyalarga nisbatan ham Manzuma termini ishlatilgan. Manzuma larda kichik syujet va syujet unsurlari buladi. Shoir bironbir kichik voqeaning hikoyaviy sheʼriy ifodasini keltiradi. Turli mavzularga bagʻishlangan va uziga xos uslubiy xususiyatlarga ega. Manzumalar mavjud: ishqiy, sarguzasht, afsonaviyromantik, tari-xiybiografik, axloqiydidaktik, arzi hol (hasbi hol), tamsil, satirik va h. k. M., ayniqsa, 19-a. oʻzbek shoirlari ijodida yangi bir bosqichga koʻtarildi, anʼanaviy xususiyat kasb etdi. Muqimiyning qator hajviy, Furqatning maʼrifatparvarlik ruhidagi asarlarida (noma-M. lar) bu shaklning imkoniyatlari kengaytirildi. Furqatning «Suvorov haqida» M. si masnaviy shaklidagi 86 baytdan iborat. Manzumani nazm libosidagi hikoya, kichik sheʼriy qissa deyish ham mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые