MANDOLINA

MANDOLINA (ital. mandolino) — lyutnya oilasiga mansub torli tirnama musiqa cholgʻusi. Italiyada paydo boʻlib, 17-a. da hoz. shaklga ega boʻldi. 18-a. dan Mandolina — eng sevimli italyan xalq cholgʻusi, 19-a. dan Yevropa (jumladan, baʼzi turkiy xalqlar — tatar, boshqird va b.) da ommaviylashgan. 4—6 juft torlari kvinta boʻyicha sozlanadi, tovushi tiniq, jarangdor va kuychan. Bir necha xillari (neapolitan, Florensiya M. lari, mandola va b.) mavjud. Yakka, joʻrovoz hamda orkestr cholgʻusi sifatida ishlatiladi. Kompozitorlar ham (Betxoven, A. Vivaldi va b., Oʻzbekistonda F. Leysek) M. uchun asarlar yaratishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x