MANZILGOH

MANZILGOH — 1) ibtidoiy jami-yatda urugʻ jamoalarining vaktincha turar joyi, maskani;

2) serqatnov va katta yul ustida qurilgan, toʻxtab oʻtishga moʻljallangan joy, manzil. Manzilgoh larda yoʻlovchilar ichimlik, oziq-ovqat bilan taʼminlangan, hordiq chiqarish uchun maxsus xonalarga joylashtirilgan. Baʼzi Manzilgoh larda karvonsaroylar, maʼlum darajada mustahkamlangan rabotlar bunyod etilgan. Mac, Toshkent va Samarqand oraligʻidagi yoʻl ustida bir qancha Manzilgohlar (Zangiota, Qovunchi va h. k.) mavjud boʻlgan. Vaqt oʻtishi natijasida keyinchalik ayrim Manzilgohlar oʻrnida shaharlar tarkib topdi. Manzilgohlar koʻchmanchi hamda oʻtroq xalqdar uchrashadigan, ular oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar oʻrnatiladigan joy sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x