MANYERIZM (ital. manierismo, maniera — uslub, odat soʻzidan) — 16a. Yevropa sanʼatidagi oqim. M. namoyandalari Uygʻonish davrining olamni uygʻunlikda idrok etish, insonni tabiatning mukammal xilqati sifatidagi qarashlaridan chekindi; uning oʻrniga mistik gʻoyalarni ilgari suruvchi, tashqi jihatdan yaltiroq, lekin qayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼatning tarqalishini taʼminladi. Manyerizmda hayotni oʻtkir his etish bilan badiiy obrazni rassomning qalbida tugʻilayotgan subyektiv «ichki gʻoya» asosida ifodalash kabi dasturli intilish uygʻunlashdi. Manyerizm namoyandalari Yuqori Uygʻonish davri sanʼatkorlari ijodidagi ayrim unsurlarni ana shu ruhda talqin etdilar, irratsional olamning beqarorligi, inson hayotining oʻtkinchiligini ifodalashga intildilar. Soʻnggi saroy madaniyati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan Manyerizm sanʼati mo-hiyat eʼtibori bilan saralangan tor doiralardagi bilimdonlarga moʻljallandi. M. Italiyada yorqin namoyon boʻddi, unga obrazlarning jiddiyligi, olamni fojiali his etish, harakatli qolatlarni boʻrttirish, shakllarning oʻta nozik va choʻzilganligi, kolorit va nursoyadagi keskinlik xos (Pontormo, Parmijanino, Julio Romano va b.). M. rassomlari asarlarida odam qomati, nisbatlarini buzib tasvirladilar, anatomik aniqlikka eʼtiborsizlik b-n qaradilar. Meʼmorlikda ortiqcha hashamdorlik seziladi, baʼzi hollarda ortiqcha ramz va majozlar ritmik kompozitsiya asosini tashkil qiladi. 40-y. lardan Manyerizm italyan saroy sanʼatida hukmron oqim boʻlib qoldi, uning badiiy ifoda vositasi murakkab, majozlar bilan toʻla (J. Vazari, A. Bronzino, F. Sukkari va b.). M. haykaltaroshligi (B. Ammanati, B. Chellini, Jam-bolonya va b.) va meʼmorligi (Ammanati, Vazari va b.)da, asosan, beqaror, dinamik kompozitsiyalarga (baʼzan haddan ziyod) moyillik koʻzga tashlanadi. Italyan sanʼatkorlarining Fransiya, Ispaniya, Chexiya va b. da ijod kilishlari, shuningdek, Manyerizm grafika va amaliy bezak sanʼatining keng tarqalishi Manyerizmning umumevropa hodisasiga aylanishiga koʻmak berdi.
Manyerizm aslida Uygʻonish davri sanʼatidan barokkota oʻtish davri jarayonlarini oʻzida ifodalab, barokko uslubining rivojiga yoʻl ochdi. Italiyaga bir tomondan Bolonya maktabi akademi-stlarining kirib kelishi, ikkinchi tomondan karavajizmning tarkalishi Manyerizmga barham berib, barokko va 17-a. Yevropa sanʼatidagi realistik oqimlarning hukmronligini taʼminladi.
Neʼmat Abdullayev.