MANSABDOR SHAXS — davlat organlarida, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, davlat, munitsipal mu-assasalarida, shuningdek, Qurolli Kuchlarda, boshqa qoʻshinlar va harbiy tuzilmalarda hokimiyat vakili vazi-falarini doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha amalga oshiruvchi yoxud tashkiliy-boshqaruvchilik, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajaruvchi shaxs. Bunday shaxs OʻzR jinoyat huquqida mansabdorlik jinoyashlarining subyekti hisoblanadi. Mansabdor shaxslar qonunda mansabdor va masʼul Mansabdor shaxs larga ajratilgan. Masʼul Mansabdor shaxs larga hokimiyat vakillari; davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash boʻyicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliyboshqaruv yoxud maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarish bilan bogʻliq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar; mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari; tashkiliy-boshqaruv yoxud maʼmuriyxoʻjalik vazifalarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida bajarish bilan bogʻliq mansablarni egallovchi shaxslar kiradi. Har qanday hokimiyat idorasida ishlovchi, ammo hokimiyat vakolatlari (maʼmuriy vakolatlar) berilmagan shaxslar (texnik ishlarni bajaruvchilar) hokimiyat vakillari deb eʼtirof etilmaydi.
Mirzayusuf Rustamboyev.