MANITOBA

MANITOBA — Kanadadagi provinsiya. Mayd. 650 ming km2. Aholisi 1,14 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vinnipeg sh. Yer yuzasi, asosan, tekislik, markaziy qismini Lavrentiy qirlari egallagan. Shim.-sharqi Gudzon qoʻltigʻiga tutash. Dare va kul kup. Eng yirik koʻli — Vinnipeg. Iklimi kontinental iqlim. Yillik yogʻin 650 mm. Shim. da tundra oʻsimliklari sekin-asta igna bargli oʻrmonlar va dasht landshaftlari bilan almashinadi. Manitoba — Kanadaning sanoati rivojlangan provinsiyalaridan. Iqtisodining asosini dasht hududlaridan keltiriladigan q. x. mahsulotlarini qayta ishlash tashkil etadi. Goʻsht konservalari, yogʻmoy, pishloq, un tortish tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, tikuvchilik, yogʻochsozlik va b. senoat korxonalari bor. Nikel, neft olinadi. Asosiy sanoat markazi — Vinnipeg. Asosiy q. x. ekinlari — bugʻdoy, suli. Tariq, zigʻir, raps, kungaboqar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x