MANNONOV Nazirulla Mannonovich

MANNONOV Nazirulla Mannonovich (1909.15.3 — Toshkent — 1981.23.9) — olim, agronom, VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1957). Oʻrta Osiyo paxtachilik va ipakchilik in-tini tugatgan (1933). SoyuzNIXI ning Oqqovoq sugʻorish va agrotexnika markaziy st-yasida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1934 — 51). Toshkent viloyatidagi «Qizil Oʻzbekiston»kzi raisi (1951—58), SoyuzNIXI direktori (1958-61, 1966-72), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri (1961—62), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi — tashkilotchi (1962 — 63), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — fan bosh boshqarmasi boshligʻi (1972-77), 1977-81 y. larda VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi dehqonchilik va kimyolashtirish seksiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, gʻoʻza-beda va don ekinlar almashlab ekishni oʻrganish va joriy qilish, mineral oʻgʻitlar va b. ni koʻllash masalalariga bagʻishlangan.

Ad.: Udobreniye xlopchatnika v sevooborote, T., 1971 (v soavtorstve).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x