MANEJ

MANEJ (frans. manege) — 1) toʻgʻri toʻrtburchak yoki doira tarhli, ichki kismi pardevorsiz bino yoki maydon. Ot sporti, yengil atletika, gimnastika va sh. k. sport turlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun qurilgan yopiq bino. Unda sport qurollari va jihozlarini saqlash uchun yordamchi xonalar boʻladi. Manejda turli sport oʻyinlari, gimnastika, kurash kabilar boʻyicha mashgʻulotlar va xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi. Qishda isitish, yozda esa shamollatish uskunalari b-n jihozlanadi. Toshkentdagi «Yoshlik» sport majmuasi Manej ining umumiy mayd. 3900 m (1500 oʻrinli), zamonaviy talablar asosida qurilgan. «Jar», «Yunusobod» tennis korti va turli viloyatlardagi sport majmualarining Manej lari diqqatga sazovor;

2) sirk zali oʻrtasiga aylana shaklda ishlangan tomosha maydoni, arena.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x