MANBASHUNOSLIK

MANBASHUNOSLIK — tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi alohida ilmiy soha. Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida boʻlsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini oʻrganishda va tanqidiy tahlil etishda qoʻllaniladi.

Manbashunoslik ikkiga — amaliy va nazariy Manbashunoslikka boʻlinadi. Amaliy Manbashunoslik tarixning ayrim soha va yoʻnalishlari hamda davr va bosqichlari bilan shugʻullanib, izlab topilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va kutubxonalarning maxsus xazinalarida toʻplash, qayd etish, saqlash, taʼmirlash va taʼriflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy Manbashunoslik tarixiy manbalarning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayonlarini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalarni tartibga solish va turkumlarga ajratish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. Manbashunoslikning nazariy masalalari, asosan, yozma manbalar zaminidagi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi.

Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi: qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki koʻchirma nusxaligini aniqlash; M. jihatidan qoʻlyozma matni qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni Manbashunoslik jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining anikligi Manbashunoslikda muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va oʻrta asrlar yozma yodgorliklariga xosdir.

Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash Manbashunoslikda ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi.

Manbashunoslik koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy Manbashunoslik dastavval Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizimlari shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. Manbashunoslikning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq kabi xoʻjaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy extiyojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi. Manbashunoslikning asosi hisoblangan ilk yozuvlar mil. av. 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Xammurapi, mil. av. 1792—1750-y., Xett, mil. av. 2-ming yillik — qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitimlar (mil. av. 1280-y. Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka xaritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy tarixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar mil. av. 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur sh. lari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ularni jamlab saklovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib, amaliy Manbashunoslikka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va kutubxonalaridan esa hatto mil. av. 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan.

Tarixiy hujjatlar va yozma manbalarga tanqidiy yondashish, ularda keltirilgan maʼlumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan foydalanish yullari qad. dunyo tarixchilarining nomi va tarixnavislik ijodi b-n bogʻliqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha kuzi bilan boqqan boʻlsa, Polibiy, Livii, Tatsit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar oʻz asarlarida manbalarni tanqidiy ajratish, bir-biriga zid maʼlumotlarni solishtirish bilan tarixiy manbalarni tekshirib koʻrish yoʻlini qoʻllaganlar. Oʻrta asrlarda manbalarga tanqidiy munosabatda boʻlish deyarlik barham topgan boʻlsada, ammo Uygʻonish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga maʼlum darajada gumaiistlar oʻz hissalarini qoʻshdilar.

16 — 17-a. larda Manbashunoslikning rivojlanishi, asosan, diplomatiya ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻlangan boʻlsada, ammo bu davrda yozma manbalar, tarixiy hujjatlarni ilmiynazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Mom-mzen) ishlab chiqildi.

Oʻzbekistonda amaliy Manbashunoslikning yuzaga kelishi va rivoji, agarda arxeologik topilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix bilan uzviy bogʻlanadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestonint charmga bitilgan ilk nusxalari hamda qad. Niso vaTuproqqalʼa shahar xarobalaridan topilgan charm, yogʻoch va sopol boʻlaklariga yozilgan xoʻjalik hujjatlarining guvohlik berishicha, qad. Turon hududlarida ilk qoʻlyozma manbalar mil. av. 1ming yillikda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodatxonalari va poytaxtlarda qad koʻtargan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Mac, Koʻhna Niso xarobalarida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol boʻlaklariga parfiya yozuvi bilan bitilgan xoʻjalik hujjatlari topilgan. Ularda Nisoning 17 bogʻdorchilik tumani va 10 ta qishlogʻidan qaysi yilda qancha miqsorda musallas keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazmshoxlarning qad. poytaxti Tuttroqqalʼa xarobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va yogʻochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topilgan. Ularda podsho xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qayerdan keltirilgani belgilangan. Yogʻochga bitilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xizmatkor, malika choʻrilari, shahzoda xizmatkorlari, qullari kabi qad. Xorazmda hukm surgan ijtimoiy hayot bilan bogʻliq tabaqalarni belgilovchi atama va iboralar tilga olingan.

Oʻzbekiston hududida qayd etilgan bunday yozma yodgorliklar va ularning ibodatxona va podsho saroylarida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, Sugʻd va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdosotiq mu-nosabatlarining kengayishi oqibatida tashkil topgan qad. davlat birlashmalarining va ularda boshqaruv tizimlarining shakllanishi bilan chambarchas bogʻliq tarzda yuzaga kelganidan dalolat beradi.

Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil to-pishi, poytaxt shaharlarda masjid, Madrasa va rasadxonalar qad koʻtarib «Bayt ulhikmat» (Bagʻdod), Dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), Dor ushshifo (Hirot) va kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalolarning toʻplanishi b-n, shubhasiz, Manbashunoslikka eʼtibor kuchayadi. Bu davrda amaliy Manbashunoslik faoliyati birmuncha kengayib qoʻlyozma manbalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni toʻplash, saqlash va nusxalar koʻchirish, noyoblarini oʻzga tillardan tarjima qilish bilan bir qatorda asar matnlarini qisqartirish, soʻnggi maʼlumotlar kiritilib, qisman boʻlsada, ularni toʻldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina «Bayt ul hikmat»da 9—11-a. larda oʻrtaosiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Fargʻoniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu Homid Sagʻoniy, Abdulloh ibn atTurk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon atTabariylar faoliyat koʻrsatgan edilar. Bagʻdodda kutubxonalar ochilib Sharq va Gʻarb antik dunyosining ilmiy va maʼnaviy merosi oʻrganiladi. Hind, yunon, suryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan koʻpgina asarlar arab tiliga tarjima qilinadi.

10—12-a. larda Movarounnahrda tarix va geogr. ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga boʻlgan ehti-yojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij «Zayn ul-axbor» («Xabarlar koʻrki»), Bayhaqiyinng 30 jildli «Tarixi oli Mahmud» («Mahmud xonadoni tarixi») tarixiy asari, Maji-duddin Adnoning «Tarixi muluki Turkiston» («Turkiston mamlakati tarixi»), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan.

943—944-y. larda arab tilida yozilgan «Buxoro tarixi» kitobining tarjimoni va muxarriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning arab tilidan fors tiliga tarjima qilinishi haqida quy-idagilarni yozgan edi: «…Koʻpchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni oʻqishga ragʻbat koʻrgazmaganliklari sababli, doʻstlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qshshilar… 522-y. ning jumad ul-avval oyida» (1128-y. may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Birok, arab tilidagi nusxada keraqsiz va buning ustiga oʻqiganda [kishi] tabiatiga malollik orttiradigan narsalar [haqida ham] soʻzlangan ekan. U narsalarning bayoni [tarjimaga] kiritilmadi». 1178-y. da esa «Tarixi Buxoro» kitobi Muhammad ibn Zufar tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2-marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hoz. kungacha saqlanib qolgan.

Oʻrta asrlarda Manbashunoslikda tarixiy asardan nusxa koʻchirish bilan bir qatorda ularning tarjimasi muhim oʻrin tutgan. Asar matnlarini koʻchirib, tarjima qilishda, ayniqsa, joy nomlari (toponim), suvlar (gidronim), togʻlar (oronim)lar hamda shaxs ismlarini aniq va toʻgʻri yozilishi, buzilish hollari hamda oʻzga tillarga agʻdarish oqibatida yuzaga kelgan oʻzgarishlar kabi masalalarga jiddiy ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: «Boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi… tili boshqa boʻlgan qabilalar biron joyni egallaganlarida nomlar teztez oʻzgarib turadi… nomlarning maʼnosini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini osonlashtiradigan tovushlar bilan yozganda nomlar oʻzgarib ketadi. Koʻpincha, arablar chet el nomlarini, arabchalashtirib, shunday oʻzgartiradilar va buzib aytadilar» («Hindiston»). Mac, Xasart (Sirdaryo) boʻyidagi shaharni turkiy aholi Yangikent va Janikent, arablar «Qariyat ulhadisa» (Yangi qishloq) va «Madinat ul-Jadida» (Yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan.

Shy boisdan oʻrta asr M. da kutubxonalarda faoliyat koʻrsatadigan tarjimon, musannif va kotiblar tanlovida ularning tub joyligiga alohida eʼtibor bilan qaralgan. Chunki qoʻlyozma matnlarining bexato koʻchirilishi, joy nomlarining buzilmasdan toʻgʻri yozilishi va tarixiy asar tarjimalarining benuqsonligi koʻp jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik salohiyatiga bogʻliq boʻlgan.

Abulgʻoziy Bahodirxon «Shajarayi turk» nomli asarini yozishga kirishganida Rashiduddin Fazlullohning «Jome attavorix» va «Chingiznoma» kabi kitoblar va ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalarining qaytaqayta koʻchirilishi oqibatida matnlarining de-yarlik yarmi gʻaliz boʻlib qolganini taʼkidlaydi.

Manbashunoslik tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti sifatida 19-a. ning 2-yarmi — 20-a. boshlarida shakllandi. Manbashunoslikning rivojida Gʻarbiy Yevropa va Rossiya olimlaridan G. Droyzen, E. Berngeym, E. Frimen, Sh. V. Langlua, Sh. Senyobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. Solovyev, N. I. Kostomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shaxmatov, A. S. Lappo — Danilevskiy va b. olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahami-yat kasb etdi.

Bu davrda Sharq qoʻlyozma asarlarini toʻplash, tadqiq etish, boshqa tillarga tarjima qilish va nashrdan chiqarish b-n bogʻliq ilmiy-amaliy ishlar yoʻlga solinib, Manbashunoslikning ilmiynazariy uslub iyati ishlab chiqildi. Bu borada SanktPeterburg kabi qator i. t. markazlarida faoliyat koʻrsatgan sharq-shunos olimlar — V. V. Bartolʼd, V. V. VelyaminovZernov, N. I. Veselovskiy, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va b. ning xizmatlari katta boʻldi.

Turkistonda bu davrda, boshlangʻich tusda boʻlsada, arxeologiya, etn. va numizmatikaga oid topilma va maʼlumotlarni toʻplash, tadqiq etish, koʻrgazma va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda (V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) dastlabki arxeologik qazishlar oʻtkaziladi. Bu izlanishlar va mahalliy havaskor oʻlkashunoslar (Akram Askarov, Mirzo Abdulloh Buxoriy, Muhammad Vafo) jalb etiladi.

Oʻzbekistonda shoʻrolar davrida, garchi fanga maʼlum darajada ahamiyat berilib, yetuk mutaxassis olimlar voyaga yetib, Manbashunoslik fani ilmiy-amaliy jihatda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ammo shoʻrolarning tuzumi xudbinlik va mahsudlik mafkurasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va temuriylar), oʻzbekona Sharq maʼnaviyati, serqirra davlatchilik va xoʻjalik yuritish hamda xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bogʻlangan sulolalar shajarasi va maʼrifat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot rejalaridan chetda qoldi.

Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot in-tlari tashkil to-pib keng koʻlamda rivojlanishi b-n tarixiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda, xususan, FA tizimida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tarix va Arxeologiya in-tlarida olib borilgan i. t. lar natijasida Manbashunoslik alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy topdi. Oʻrta asr Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish, tarjima qilish va ularni toʻla sharhlar bilan nashr qilish ishi keng rivojlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik in-tining Sharq qoʻlyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qoʻlyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952—2000-y. lar mobaynida «Sharq qoʻlyozmalari toʻplami»ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur toʻplamlarda fanning turli sohalari boʻyicha 8 mingdan ortiq arab, fors, oʻzbek va b. tillarda yozilgan qoʻlyozmalar sharhlab berilgan.

Shular bilan bir qatorda bu davrda oʻrta asrlarning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari»; Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Masʼud qonuni», «Maʼdanshunoslik», «Farmakognoziya», «Munajjimlik sanʼati boshlangʻich tushunchalar»; Abu Bakr Roziyning «Sirlar siri kitobi»; Ali Qushchining «Astronomiyaga oid risola»; Mirzo Ulugʻbekning «Koʻragoniyning yangi jadvali», «Toʻrt ulus tari-xi»; Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi»; Abul Fazl Bayhaqiyning «Masʼud tarixi»; Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi»; Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»; Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy»; Hofiz Tanish alBuxoriyning «Abdullanoma»; Muhammad Yusuf Munshiyning «Muqimxon tarixi»; Mir Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma»; Mirzo Badeʼ Devonning «Raqamlar yigʻindisi»; Mirzo Abdulazim Somiyning «Mangʻ-it xonlari tarixi» va b. koʻpgina qoʻlyozma manbalar oʻzbek va rus tillarida nashr etildi. Shuningdek, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va b.)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14 — 16-a. lar va 20-a. rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Koʻqon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi. A. L. Troiskaya tomonidan «Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari» katalogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida «Buxoro amirligi joy nomlari» (hujjatlar foto faksimili b-n) kitobi nashr etildi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozma asarlar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari boʻyicha sharxlash va kataloglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997 — 2001-y. lar mobaynida «tarix», «tabiiy va aniq fanlar», «tabobat», YUNESKO hamkorligida «Sharq mini-atyuralari», Yaponiyaning Kioto unti bilan birgalikda «Xivaning qozilik hujjatlari» (19-a. oxiri — 20-a. boshlari) kabi toʻplamkataloglar nashrdan chiqarildi. Bu maxsus toʻplamlarda arab, fors, oʻzbek tillarida yozilgan 4300 dan ziyodroq qoʻlyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, bu davrda «kabrtoshlar epigrafikasi» bilan shugʻullaniladi. 1997-y. da Visbaden sh. da doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida «Shayboniylar qabr toshlaridagi bitiklar» (B. Bobojonov, A. Moʻminov, Yu. Paul) oʻzbek, nemis va rus tillarida chop etildi. Bu uziga xos bitiklar toʻplamida 16-a. ga mansub 84 ta qabrtosh yozuvlari sharhlangan. Qab-rtosh epigrafikasi Manbashunoslikda alohida soha boʻlib, oʻrta asrlarda butun islom du-nyosida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan yozuv sanʼati hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Manbashunoslikning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B. Ahmedov, B. Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Yepifanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H. Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. Hikmatullayev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼyharakatlari va betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy Manbashunoslik maktabi tashkil topdi. Hoz. kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboyev, B. Bobojo-nov, O. Boʻriyev, Gʻ. Joʻrayeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. Madraimov, X. Toʻrayev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod qilmoqdalar.

Ad.: Muhammadjonov A. R., Neʼmatov T., Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doyr baʼzi manbalar, T., 1957; Istochnikovedeniye istorii XIX — nachala XX v (uchebnoye posobiye), M., 1970; Azimdjanova S. A., Vostokovedeniye (v Uzbekistane) v knige «Nauka v Uzbekistane», t. 2, T., 1974; Lunin B. V., Istoriografiya obщyestvennыx nauk v Uzbekistane, biobibl. ocherki, T., 1974; Fas ix Axmad al-X a v a f i , Mudjmal-i Fasixi (Fasixov svod), per. s persid, prim. i ukazateli Yusupovoy D. Yu., T., 1980; Mirza BadiʻDi-v a n , Madjmaʻalarkam («Predpisaniya fiska»), (Priyemы dokumentatsii v Buxare XVIII v.) Faksimile rukopisi. Vvedeniye, per., prim. i priloj. Vildanovoy A. B., 1981; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, «Sharaf-nomaiy shohiy», 1—2-kitob, Fors tilidan S. Mirzayev tarjimasi, soʻzboshi va izohlar Ahmedov B., T., 1999—2000; Naselennыye punktы Buxarskogo emirata, Materialы k istoricheskoy geografii Sredniy Azii. Pod. red. Muxammedjanova A. R., Sostaviteli: Yuldashev I., Ubaydullayev K., Chexovich OD., Xakimova K. 3., T., 2001; Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar. Katalog. Nashrga tayyoʻrlovchilar: Bobojonov B., Moʻminov A., Paul Yu., Visbaden, 1997; Katalog Xivinskix kaziyskix dokumentov XIX — nach. XX vv., sost. Urinbayev A., Xorikava T., Fayziyev T., Djurayeva G., Isogay K., Tashkent – Kioto, 2001.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x