MANA

MANA, Manna — qad. Sharq davlatlaridan biri (mil. av. 1ming yillikning 1-yarmi). Ozarbayjon hududidagi dastlabki davlat. M. ning asosiy yerlari va poytaxti — Izirtu (Zirta) Jagatu daryosi havzasida joylashgan. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Urmiya koʻli atrofidagi r-nlarda davlat ti-pidagi mayda birlashmalar vujudga kelgan; ularning markazi shaharqalʼ-alarda joylashgan [ulardan biri (mil. av. 10—9-a. lar) — Hasanlu tepada qazishma ishlari olib borilgan]. 9-a. da Ossuriya, soʻng Urartu davlatlarining bosqini tufayli ularning orasida Mana kuchayib ketgan (ilk bor manbalarda mil. av. 843-y. qayd etilgan). 8-a. da u qator qoʻshni viloyatlarni oʻziga biriktirib yirik davlatga aylangan. Uning aholisi turli etnik guruhlarga: xurriylar, lulubeylar, kutiylar, kassitlar va b. qad. mahalliy qardosh qabilalar, shuningdek, mil. av. 1ming yillik boshida bu r-nlarga tarqalgan eroniy qavmlarga mansub boʻlgan.

Mana jamiyatida chuqur sotsial zidsiyatlar mavjud boʻlgan; zodagonlar, viloyat hokimlari, qabila boshliqlari katta rol oʻynashgan. 715—714-y. larda Mana bilan ittifoqsosh Ossuriya Urartu ustidan gʻalaba qozongach, Mana podshohlarining qudrati yanada oshgan. 7-a. boshlarida M. Ossuriya bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan, ammo mil. av. 660/659-y. larda magʻlubiyatga uchragan. Shundan soʻng Manada xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, podsho Axsheri oʻldirilgan. Key-inchalik M. Ossuriyaga ittifoqchi boʻlgan, bu hol Ossuriyani Yangi Bobil podsholigi va Midiya bilan boʻlgan urushda magʻlubiyatga uchragunigacha (616-y.) davom etgan. 7-a. da Mana tarixida Old Osiyoga tarqalib ketgan skiflar mu-him rol oʻynashgan. Mil. av. 615/610 — 590-y. lar oʻrtasida M. Midiyaga boʻysungan, keyinchalik uning tarkibiga kiritilgan. Sakkiz xazinasi (Sakkiz sh. dan 42 km sharkda joylashgan), Ziviye tepaligidan topilgan qabrlar (mil. av. 7-a. oxiri) Mana davlatida hunarmandchilik va sanʼat yuksak darajada rivojlanganligini koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x