MALLAXON

MALLAXON (taxm. 1830-1862) – Quqon xonligihph idora etgan xon (1858—62). Ming sulolasidan. Sheralixonning katta ugli, Xudoyorxonnushg akasi. Taxt uchun kurashda Xudoyorxon qoʻshinini Somonchi qishlogʻi yaqinida yengib Qoʻqonni egallagan va uzini xon deb eʼlon qilgan (1858). 1860-y. M. qushin toʻplab Pishpak (hoz. Bishkek)ka, u yerdan esa Chu daryosi boʻyiga kelgan. Bikat mavze-ida toʻplar bilan qurollangan 2 ming kishilik rus qoʻshini bilan boʻlgan jangda Mallaxon qoʻshini gʻolib chiqqan. Lekin G. A. Kolpakovskiy otryadi tomonidan Uzunogoch mavzeida tormor keltirilgan. Shu yili (1860 — 61) Turkistonni himoya qilish uchun Qanoatshohni joʻnatgan, biroq bu qoʻshin Turkiston sh. ni, Julek, Yangiqoʻrgʻon atrofidagi dasht aholisini talab orqaga qaytgan. Mallaxon qalʼalarni qaytarib olish uchun bir necha bor harakat qilgan, lekin ular zoye ketgan. Bu esa unga qarshi norozilikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, ogir soliq va majburiyatlar, muxolifatga karshi jazo choralari unga qarshi fitna uyushtirilishiga olib kelgan. Mallaxon 1862-y. mart oyida oʻldirilib, oʻrniga 17 yoshli Shoh Murod xon deb eʼlon qilingan. Mallaxon aklli davlat arbobi, mohir sarkarda boʻlgan. Mallaxon davrida qipchok^ar mavqei tiklangan, harbiy in-tizom mustahkamlangan. Qorategin viloyati Qoʻqonga tobe ettirilgan. Xitoy va Rossiya bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatishga harakat qilingan. Xalq farovonligini oshirish, yangi yerlar oʻzlashtirish, irrigatsiya inshootlari qurish yoʻlida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, xususan, uz. 20 km dan ortiq Mallaxon arigʻi qurilgan. 19-a. 20-y. larida Muhammad Alixon tomonidan joriy qilingan har bir harbiy yurish oldidan olinadigan ulov puli va tilla puli kabi soliqlar bekor qilingan, Hazrati Sohib madrasasi qurilgan (1861). Fargʻona vodiysidagi bir necha qishloq M. nomi bilan ataladi.

Ad.: Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Bababekov X. N., Narodnыye dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomicheskiye i politicheskiye predposыlki, T., 1990; Beysembiyev T. K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987; Nabiyev R. N ., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973.

Haydarbek Bobobekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x