MALINKIN Nikolay Petrovich

MALINKIN Nikolay Petrovich (1895.9.5, Tver gubernyasi, Rossiya — 1968.1.7, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), q. x. fanlari d-ri (1959), prof. (1961). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1925). SoyuzNIXIning Oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik markaziy st-yasida agronom (1925—26), katta ilmiy xodim (1926—52; 1941—45 y. larda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari). ToshDUda dotsent, kafedra mudiri (1955— 66). Ilmiy ishlari paxtachilikni kimyolashtirish, oʻgʻitlarning gʻoʻza va bedaga taʼsiri masalalariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x