MALAKA OSHIRISH INSTITUTLARI

MALAKA OSHIRISH INSTITUTLARI, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash in-tlari — xalq xoʻjaligining turli sohalarida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidagi tashkiliymetodik va oʻquv markazi. Oʻzbekistonda mutaxassislar malakasini oshirish intlari (oʻqituvchilar malakasini oshirish in-tlari, vrachlar malakasini oshirish in-tlari va b.) 1930—40 y. larda tashkil qilingan.

Malaka oshirish institutlari tinglovchilarga fan va texnikaning yangi yutuqlarini, rejalashtirish va iqtisodiy ragʻbatlantirishning samarali metodlarini, shuningdek, hisoblash texnikasi, i. ch. jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib i. ch., mehnat va boshqarishni ilmiy tashkil etish kabi masalalarni oʻrgatadi; oʻquv dasturlari, rejalarini ishlab chiqadi, malaka oshirish tizimi uchun oʻquv va metodik adabiyotlarni tayyorlaydi va nashr etadi. Malaka oshirish institutlari larida oʻqishning asosiy shakli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari hisoblanadi. Bunday kurslar ulardan koʻzda tutilgan maqsadni toʻliq amalga oshirish uchun tinglovchilar oʻzlashtirishlari zarur deb xisoblangan oʻquv rejasi va dasturining xajmidan kelib chiqqan holda turlicha belgilanadi. Shu bilan birga dolzarb mavzular boʻyicha qisqa muddatli kurslar, seminarlar oʻtkaziladi. Malaka oshirish institutlarida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar, lab. ishlari, amaliyot, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish, konsultatsiya va sh. k. dan iborat. Shuninedek, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi. Malaka oshirish institutlarida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari boʻyicha zarur meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqiladi, ilmiy-metodik tadqiqotlar olib boriladi. Malaka oshirish institutlari oʻz faoliyatlarini 1997-y. 29 avg. da qabul qilingan OʻzR ning «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boradilar.

2002-y. Oʻzbekistonda 23 Malaka oshirish institutlari ishladi. Yiriklari: Oʻzbekiston milliy unti huzuridagi Oliy ped. in-ti, Tosh-kent vrachlar malakasini oshirish markaziy in-ti, A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish Markaziy in-ti, Toshkent iqtisodiyot unti huzuridagi Iqtisodiyot, biznes, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash in-ti, OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Mutaxassislar malakasini oshirish markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x