MALABAR

MALABAR — Jan. Hindistonning Malabar qirgʻogʻi (Arabiston dengizi) va Gʻarbiy Gat togʻlari orasida joylashgan tarixiy viloyat. Qadimda va oʻrta asrlarda Malabarning koʻp sonli knyazliklari oʻz mustaqilligini saqlab qolgan boʻlishlariga qaramay, vaqt-vaqti bilan turli davlat tuzilmalariga kirgan (asosan, boj toʻlashgan). Mil. av. taxm. 3-a. da Jan. Malabarda Chera davlati mavjud boʻlgan. Malabar knyazliklarining eng yiriklari: Kalikut (Kojikode) (15—16-a. lar), Travankur va Kochin (18-a.). M. Yevropa davlatlari tomonidan talontoroj qilingan Hindistonning 1hududi hisoblanadi. 16-a. da portugallarning tayanch punktlari tashkil topgan, 17-a. da gollandlar, inglizlar va fransuzlarning faktoriya (savdo-sotiq olib boradigan joy)lari paydo boʻlgan. Malabarni Angliyaga qarashli Ost-Indiya kompaniyam bosib olgan. Malabarda mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (M. qoʻzgʻoloni, 1793—1806; Mopla qoʻzgʻoloni, 1912—22). 1956y. dan boshlab Malabar hududlari Kerala va Karnataka shtatlariga kirgan.

Ad.: Alayev L. B., Yujnaya Indiya, Sotsialno-ekonomicheskaya istoriya XIVXVIII vv., M., 1964; Sdasyuk G. V., Shtatы Indii, Malabar, 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x