Maktablar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Telegram kanal подписаться

Hukumat qarori bilan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, har yili 20-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Taʼlim inspeksiyasi hamda tizimida umumiy oʻrta taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy soʻrovnomalar va nazorat ishlarini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi.

Ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallar har yili 1-fevralga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi platformaga (monitoring.tdi.uz) joylashtiriladi.

Shu bilan birga, jadvallar ularga tegishli maʼlumotlar kiritilib, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining direktorlari tomonidan tasdiqlangan holda 25-aprelga qadar hududiy boʻlinmalarga taqdim etiladi.

Hududiy boʻlinmalar tomonidan jadvallar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.

Shuningdek, nazorat ishlari umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish va test sinovi shaklida oʻtkaziladi.

Reyting quyidagi hisoblash tamoyillari asosida aniqlanadi:

reytingda ishtirok etayotgan barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ballari har bir mezon boʻyicha alohida hisoblanadi;

tegishli mezon boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga mazkur mezon uchun belgilangan eng koʻp ball beriladi;

qolgan barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasining ballari yigʻindisiga nisbatan hisoblab chiqariladi;

har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasasining reytingi belgilanadi.

Reyting natijalari har yili yangi oʻquv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va OAVda yoritiladi.

Sizlarga ushbu sahifadagi eng zo’r mantiqiy savollarni ham o’qishni tavsiya qilaman: Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT!

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x