MAKSIMIN

MAKSIMIN Gay Yuliy Ver, frakiyalik Maksimin (taxm. 172/73—238.10.5) — Rim imperatori (235-y. martdan). Frakiyalik dehqon oilasida tugʻilib, oddiy jangchilikdan oliy mansabga qadar yoʻlni bosib oʻtgan. Iordannint yozishiga qaraganda, Maksiminning boʻyi 8 stop (fu-t)dan ortiq (1 stop — 30,5 sm) boʻlgan. Germaniya chegarasidagi urush paytida, Mayns yaqinida qoʻshin bilan ixtilofda boʻlgan imperator Aleksandr Sever oʻldirilgach, jangchilar Maksiminni imperator deb eʼlon kilganlar. Maksimin alemannlar (235), sarmatlar va daklar (236—237) ustidan bir necha gʻalabaga erishgan. Senat va yirik yer egalari manfaatlariga zid boʻlib, jangchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan Maksimin siyosati 238-y. «soldatlar» imperatoriga qarshi Gordianlar tomonidan koʻtarilgan qoʻzgʻolonga sabab boʻlgan. Senat parti-yasiga qarshi boʻlgan urushda Maksimin va uni sezar deb eʼlon qilingan oʻgʻli Akvileya sh. ni qamal qilishgan, biroq oʻz lashkarlari orasida chiqqan isyon paytida oʻldirilganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x