MAKLYURA

MAKLYURA (Macluea) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bitta turi — mevali Maklyura yoki toʻq sariq M. bor. Ilgari boshqa turkumlarga mansub deb hisoblaigan 12 tur oʻsimlik ham, baʼzan Maklyuraga kiritiladi. Mevali Maklyura — ikki uyli, bargi tukiladigan daraxt. Boʻyi 20 m cha, quyuk. shox-shabbali, novdalari tikanli. Bargi spiralsimon oʻrnashgan, yaxlit, tuxumsimon, lentasimon. Mevasi dumaloq, tilla rangsariq, bujmaygan, apelsinga uxshayli, isteʼmol qilinmaydi. Shim. Amerika, AQSH ning jan. da oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida va yashil devor uchun oʻstiriladi. Yogʻochi sariq, pishiq, ogʻir, tokarlikda ishlatiladi; yogʻochi va ildizidan sariq boʻyoq olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x