MAKAKALAR

MAKAKALAR (Masasa, Macaces) — martishkasimonlar oilasiga mansub maymunlar urugʻi. Juni sargʻishqoʻngʻir yoki qora. Gavdasining uz. 34—65 sm, dumi 5—70 sm, vazni 3,5—18 kg. 12 turi maʼlum, jumladan, bir turi (magot) Afrika va Jan.-Gʻarbiy Yevropada, qolgan turlari Jan. Osiyoda tarkalgan. Oʻsimlik mevalari, barglari va ildizlari, xasharotlar va ularning qurtlari, baʼzan qisqichbaqasimonlar (krablar) na b. bilan oziqlanadi. Gala boʻlib yashaydi. Har yili bittadan bola tugadi, boʻgozlik davri 5—6 oy, 3,4—4,5 i. da voya ga yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x