MAJNUNTOL

MAJNUNTOL (Salix babylonica L.) toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 8—10 m cha. Poyasi tik, novdalari tuksiz, yaltiroq, uzun va ingichka, egilib oʻsadi. Bir yillik novdalari esa mayin tuk bilan qoplangan. Bargi oddiy, nashtarsimon poyada ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, toʻpguli kuchalasimon. Mart— aprelda gullaydi, urugʻi tukli. Majnuntol manzarali daraxt sifatida koʻp oʻstiriladi. Novdalaridan savatlar, shisha idishlarning gʻiloflari, har xil mebel anjomlari va b. toʻqiladi. Majnuntol qogoz i. ch. va teri oshlashda ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x